
Siroplar
Qizilmiya ildizi siropi
Sirupus Glycyrrhizae radices
Balg‘am ko‘chiruvchi vosita100 mlRetseptsiz
Qizilmiya (Glycyrrhiza) ildizi — xalq va ilmiy tibbiyotda qadimdan qo‘llanib kelinayotgan dorivor xomashyo. Sirop quyuq balg‘amni suyultirishga va uning ajralishini yengillashtirishga yordam beradi. Mahsulot korxonamizning birinchi va asosiy preparati hisoblanadi.
Tarkibi
| Qizilmiya ildizi quyuq ekstrakti | 4 g |
|---|---|
| Shakar siropi | 86 g |
| Etil spirti 95% | 9,2 g |
| Tozalangan suv | 0,2 g |
Qo‘llanilishi
Quyuq, qiyin ajraladigan balg‘am bilan kechadigan yo‘tal va nafas yo‘llari kasalliklarida balg‘am ko‘chiruvchi vosita sifatida.
Saqlash shartlari
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25 °C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
| Dori shakli | Sirop |
|---|---|
| Qadoq | 100 ml |
| Farmakologik guruh | Balg‘am ko‘chiruvchi vosita |
| Berish tartibi | Retseptsiz |
| Yaroqlilik muddati | 2 yil |
Ma’lumot tanishish uchun berilgan. Qo‘llashdan oldin yo‘riqnoma bilan tanishing va shifokor bilan maslahatlashing.
